Huawei 1
Toshkentda 15 yoshli o‘smir 9-qavatdan tushib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2010 yilda tug‘ilgan o‘smir yigit 9-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Bosh prokratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Uning bildirishicha, bugun, 15 mart kuni soat taxminan 15:29 lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani “Taraqqiyot” MFY Yangi Olmazor ko‘chasida joylashgan Olmazor City turarjoy kompleksidagi uyning to‘qqizinchi qavatidan 2010 yilda tug‘ilgan J.I. tushib ketgan.

Aniqlanishicha, Olmazor tumani Qoraqamish 1/2-daxasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan L.R.  J.I. ni ko‘p qavatli binoning to‘qqizinchi qavatidan yerga tushib ketganini ko‘rib, zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirtirgan va tez yordam xodimlari tomonida bemor shifoxonaga olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31618 | Инструменты