Huawei 1
Toshkentda 3,2 mingdan ortiq xonadon gaz ta’minotidan uzilib qoldi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada Humoyun mavzesidagi 480 ta yerli xonadon, «A. Yugnakiy» MFY 30 ta ko‘p qavatli uylardagi 2800 ta xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

«Hududgazta’minot» korxonasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты