Huawei 1
Toshkentda "Lacetti", 2 ta "Nexia-3" va "BMW" mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Yashnobod  tumani Maxtumquli ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 9-oktyabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 79-uy qarshisida avtohalokat bo‘lgan. YTH "Lacetti", 2 ta "Nexia-3", "BMW" mashinalari o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida "Nexia 3"ning 30 yoshli haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi kuzgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты