Toshkentda “Abu Saxiy” masjidi ochildi
8 aprel kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani “Abu Saxiy” dahasidagi “Abu Saxiy” masjidining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Adliya boshqarmasi vakillari tomonidan ushbu jome xodimlariga masjidning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.
Bugun namozxonlar ushbu jome masjidda ilk juma namozini ado etadilar.
Ma’lumot uchun, ushbu jome bilan Toshkent shahridagi masjidlar soni 131 taga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112101 | Инструменты