Huawei 1
Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni tushirib yuborganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni tushirgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, 8-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi King Long rusumli, 115-sonli avtobus soat 10:15 da o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida avtobusning gaz tizimidagi elektromagnit klapanida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli haydovchi yo‘lovchilarni salondan tushirgan hamda nosozlikni bartaraf etish maqsadida servis markaziga harakatlangan. 

Mazkur avtobusda servis markazi hamda King Long kompaniyasi mutaxassislari tomonidan texnik-taʼmirlash ishlari olib borilib, nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hozirda ushbu avtobus texnik soz holatda yo‘nalishga chiqarilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgani aytildi. 

Shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты