Huawei 1
Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritgan AGTSHga nisbatan chora ko’rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan “S.A.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirishdan o‘tkazilmagan gaz tarqatish uskunalari orqali suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga yetkazib berilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida (6,7 mln so‘mlik) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizatsiya qilingan tovar qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты