Toshkent viloyati hokimi «Yangi Toshkent» shahri uchun Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydonini ajratib berish haqidagi qarorni qabul qildi.
Hokim qarorida qayd etilishicha, bu borada «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ning murojaat xati olingan.
Shu tariqa Yuqori Chirchiq tumani «Bordonko‘l» va «Do‘stlik» mahallalari hududidan jami 122,3 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilgan va toifasi o‘zgartirilgan hamda «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.
Eslatib o‘ztamiz, o‘tgan yilning oktyabrida ham Yuqori Chirchiq tumanining «O‘zbekiston», «Guliston» va «Istiqlol» mahallalaridagi 110,4 gektar yer maydoni «Yangi Toshkent» uchun ajratib berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31806 | Инструменты