Toshkent shahridagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqazo qiladi.
Shu sababli, joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar:
“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112217 | Инструменты