Toshkentda bir to‘da itlar yoki katta insonga hujum qilgani va shuning oqibatida u vafot etgani aytilgan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.
Bugun, 3 mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan L.U. vafot etdi. O‘lim sababi — o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.
"Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz," - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30322 | Инструменты