Huawei 2
Toshkentda ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-mart kuni Uchtepa tumanida 2014-yilda tug‘ilgan T.M. qo‘shnisi 2014-yilda tug‘ilgan X.K. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida urishib turgan vaqtida T.M. ning otasi E.M. ularni o‘zaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish o‘rniga aksincha, o‘g‘li T.M. ga qo‘shnisi X.K. ni urishiga imkon yaratgan va o‘zi ham urishga ko‘maklashib, bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan va janjalni davom ettirishga o‘g‘lini majbur qilgan.

 Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. lar o‘zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo’lmagan.

Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga