Toshkentda "Sergeli Quruvchilar metro stansiyasi - Qipchoq metrosi" bo‘ylab vaqtinchalik avtobus yo'nalishi tashkil etiladi
2023-yilning 25-aprel kuni Toshkent metropolitenining Qo'yliq bozoridan Sergeli Quruvchilar mavzesigacha yangi barpo etilgan qismi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinmoqda.
Qayd etilishicha, “Sergeli Quruvchilar” metro bekatidan Xonabod va Qipchoq ko'chalari orqali Qipchoq metrosigacha qatnovchi bir kunlik "Sergeli Quruvchilar metro stansiyasi - Qipchoq metrosi" vaqtinchalik avtobus yo'nalishi tashkil etiladi.
Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo'nalishidagi harakat jadvallari soni "King Long" rusumli avtobuslar asosida 2 ta, yo'nalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты