Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug'bek A'zamov TURKSOY tashkilotining bosh kotibi Sultan Rayev bilan uchrashdi.
Joriy yil 26–19-iyun kunlari Toshkentdagi Xalqaro anjumanlar saroyida TURKSOYning 30 yilligiga bag‘ishlangan "Turk madaniyati kunlari" bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilotga a'zo davlatlardan bir qator san'atkorlar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda "TURKSOY fotoko'rgazmasi", "Turk dunyosi rasmlari ko‘rgazmasi", "Turk dunyosi ustalarining amaliy sanʼati koʻrgazmasi", "Turklar nashrlari ko'rgazmasi", "Turk dunyosi milliy liboslari ko‘rgazmasi" kabi turk dunyosi madaniyati aks etgan bir qator ko‘rgazmalar ham tashkil etiladi. Qolaversa, TURKSOY tashkilotiga a'zo davlatlar san'atkorlari ishtirokida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil etiladi.
Uchrashuv davomida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti va tashkilot o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, joriy yilda universitetda TURKSOY tashkiloti tomonidan TURKSOY xonasini ochish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Ma'lumot o'rinida
TURKSOY 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan. Keyinchalik tashkilotga boshqa davlatlar kuzatuvchi sifatida qo‘shildi.
TURSKOY tashkilotining maqsadi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinligi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты