Huawei 1
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishi ortidan 4 kishi qamoqqa olingan

O‘tgan yilning oktyabrida Toshkentdagi mehmonxonalarning birida taʼtil o‘tkazish uchun kelgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi Radchenko Maksim hamda 48 yoshli o‘zbekistonlik X.N. nomaʼlum gazdan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda mazkur ish doirasida 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hibsga olinganlar orasida mehmonxona egasi, isitish qozoni sotuvchilari va chilangar bor.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, mehmonxonada o‘rnatilgan isitish qozoni ekspertiza tekshiruuvlari natijasida eskirganligi aniqlangan. Bundan tashqari, o‘rnatish vaqtida undan qismlar olib tashlangan, bu esa uglerod oksidi (is gazi) oqib chiqishiga va mehmonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

"Tergov davom etmoqda", – deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11115 | Инструменты