Huawei 1
Toshkentda yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi

20-iyun kuni jinoyat ishlari buyicha (JIB) Shayxontohur tumani sudida 22 yoshli yigitga yigitga oid maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi. Sud yigitga avvalroq qo‘yilgan ayblovlar — 195- (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 184−4-moddalari (Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish)ni asosli deb topdi.

194-modda 1-qismini (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) esa ortiqcha rasmiylashtirilgan deya hisobladi. Sababi bu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni yuqoridagi 195-modda o‘zida aks ettirgan.

Sud hukmi bilan yigitga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq va BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92813 | Инструменты