Kuni kecha Toshkentda yuzini to‘sib ayollar kiyimini kiyib yurgan erkak ushlangani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 24 iyul kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida huquqbuzar U.M.ga oid ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 23 iyul kuni soat 10:45 atrofida huquqbuzar U.M. Bektemir tumani "Qo‘yliq dehqon bozori" atrofida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda, yaʼni burqa libosida yuzini niqob bilan yopib yurgani sababli Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB PPX va JTSB xodimlari tomonidan yuzini ochishi so‘ralgan. Ammo, huquqbuzar omma oldida baland ovozda IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmay, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Sud hukmiga ko‘ra, U.M. MJtKning 184-4-moddasi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. U.M.ga MJtKning 184-4-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (3.400.000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, U.M.ga nisbatan MJtKning 195-moddasi bilan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты