Huawei 1
Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent shahri ko‘chalarini va chorrahalarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining boshlanishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Ishlar doirasida:

— Qorasaroy ko‘chasi Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha, hamda;

— Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha 20-may kuni soat 22:00 dan 21-may 06:00 ga qadar, hamda, 21-may kuni soat 22:00 dan 22-may 06:00 ga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.

"Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga ushbu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51009 | Инструменты