Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov 17 aprel kuni poytaxtimizning Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridan o‘tuvchi Bo‘rijar kanalining qirg‘oq bo‘yi hududiga tashrif buyurib, kanal bo‘ylab obodonlashtirish va sohil bo‘yida sayilgoh tashkil etish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hokim poytaxt ekologiya boshqarmasi va O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida daraxtlarning holatini inventarizatsiya qilish va baholashdan o‘tkazish hamda daraxtlarning kesilmasligi uchun ularning o‘sayotgan joyini hisobga olgan holda loyihaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berdi.Shuningdek, mahalla hududida maxsus texnikalar uchun turargoh, aholi uchun qulay bo‘lgan joylarda qo‘shimcha jamoat transporti bekatlarini tashkil etish vazifasi berildi.
Obodonlashtirish masalalarida esa samarali sug‘orish tizimini tashkil etish, shuningdek, sanoat zonalariga yagona kod asosida zamonaviy, jozibali ko‘rinish berish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50918 | Инструменты