Huawei 1
Toshkentdagi G'afur G'ulom bog'ida daraxt kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududiga qarashli Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻda daraxt kesilgani tasvirlangan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, tuman ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda bogʻ masʼullari ishtirokida holat joyiga chiqib oʻrganilgan. Oʻrganishlar natijasida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan manzildagi daraxt tabiiy omillar taʼsirida kasallanib, qurib qolgani aniqlangan.

Shuningdek, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur daraxt bundan ikki oy muqaddam kesilgani aytildi.

Avvalroq, Jizzax shahridagi "O‘rda" bog‘ida ham mas'ul xodim daraxtlarni noqununiy kesib tashlagani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21403 | Инструменты