Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi maktabda ommaviy janjal yuz bergani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni soat 10:15 larda Yangihayot tumanidagi 285-sonli umumtaʼlim maktabi 11-"D" sinf o‘quvchisi O‘.K. tanaffus vaqtida maktabning ikkinchi qavati yo‘lagida turgan vaqtida 11-"B" sinf o‘quvchisi E.K. bilan o‘zaro tortishib qolgan. Natijada O‘.K. maktabdoshi E.K.ni yuz qismiga bir marotaba urganligi va o‘rtalarida kelib chiqqan janjalga boshqa o‘quvchilar qo‘shilib ketganganligi aniqlandi.
Ushbu voqeadan xabar topgan maktab maʼmuriyati darhol maktabga o‘rnatilgan "tashvish tugmasi"ni bosishgan. Qisqa vaqtda Qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari va inspektor-psixologi maktabga yetib kelgan hamda ommaviy tartibsizlikni to‘xtatgan.
Maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog, katta leytenant N.O. mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, janjalda ishtirok etgan o‘quvchilarni "Yorqin hayot" mahallasida joylashgan profilaktika inspektori xonasiga olib borgan. U yerda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.
Janjalda ishtirok etgan shu maktabning 11-sinf o‘quvchilaridan A.J. hamda S.M.lar shifokorga murojaat qilgan. O‘quvchilarning ahvoli yaxshi, ularga uyiga javob berilgan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13120 | Инструменты