Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika bo‘yicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarni erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, % da:
20 yoshgacha – 1,4 %
20-30 yosh – 84,3 %
31-40 yosh – 10,1 %
41 yosh va kattalar – 4,2 %.
Avvalroq, turmush qurayotgan ayollarning yosh ko‘rsatkichlari e’lon qilingandi. Unga ko'ra, nikohlarni ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi 20 yoshgacha – 37,7%ni, 20-30 yoshgacha esa 53,9%ni tashkil qilgandi.
Ma'lumot uchun, Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13123 | Инструменты