Huawei 1
Isroil 1 fevral kuni 3 nafar garovga olinganlar o'rniga 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi

1 fevral, shanba kuni Isroil qamoqxonalaridan 90 nafar falastinlik mahbus ozod qilinadi. Bu almashinuv evaziga HAMAS harakati G‘azo sektorida ushlab turgan uch nafar isroillik garovga olinganlarni qo‘yib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Falastin mahbuslar ishlari bo‘yicha idora ma’lum qildi. 

Idoraning Telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha: “Falastin harakati tomonidan isroillik asirlarning ismlari topshirilgandan so‘ng, 1-fevral kuni almashinuvning to‘rtinchi bosqichi doirasida 90 nafar mahbus ozod qilinadi. Ular orasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 9 nafar va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan 81 nafar mahbus bor.”

Hozircha Isroil tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Eslatib o'tamiz, 19 yanvar kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida uch bosqichli sulh rejasi ishga tushgan edi. Unga ko'ra, HAMAS barcha tirik garovlarni bosqichma-bosqich ozod qilish majburiyatini oldi. Isroil esa o‘z qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqishi lozim edi.

Sulhning birinchi bosqichi doirasida 33 nafar garovga olinganlar ozod etilishi ko‘zda tutilgan. 19-yanvardan beri falastinlik harbiy guruhlar jami 15 nafar garovni qo‘yib yuborgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13120 | Инструменты