Huawei 1
Toshkentdagi MCHJlardan biri 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanida joylashgan "K.I." MChJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111814 | Инструменты