Toshkentdagi metro bekatlari necha balli zilzilaga bardosh beradi?
1966-yildagi halokatli zilzila sabab Chilonzor metrosining 9 ta bekatdan iborat birinchi liniyasi qurilish ishlari boshlangan. Shuningdek, eng eski bekatlar bu Olmazordan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan bekatlardir.
Chilonzor liniyasining uzunligi o‘sha yillari 11,7 km'ni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib 59,5 km'ga yetgan.
"Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning ma’lum qilishicha, bugungi kunda harakatdagi vagonlar soni 256 ta. Har kuni 64 ta poyezd 620-630 mingdan ortiq yo‘lovchini tashiydi. Yangi harakat tarkiblari xarid qilinganidan so‘ng mavjud poyezdlar bosqichma-bosqich yoshartirilishi rejalashtirilgan.
2001-yildan buyon "Mingo‘rik", "Yunus Rajabiy", "Bodomzor", "Shahriston", "Minor", "Abdulla Qodiriy" kabi 6 ta metro bekati barpo etildi.
Shuningdek, 2020-yilda Toshkent metropolitenining 7 ta yer usti halqa yo‘li va 5 ta Sergeli yo‘nalishi ishga tushirildi, Yunusobod yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shildi. 2020 yilda qo‘shimcha 14 ta metro bekati qurildi.
Xo‘sh, bugungi kunda foydalanishga topshirilayotgan metro stansiyalarining xavfsizligi qay darajada ta’minlangan?
"Toshkent metropolitenining barcha bekatlari 9 va undan yuqori balli zilzilaga bardoshli etib barpo etilgan. Mavjud metrolar qor-yomg‘irli mavsumlarda muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Poyezdlarni saqlash va ta’mirlash ishlari depoda amalga oshiriladi. Deponing texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash majmuasi yer usti ustida joylashgan. Yer usti halqa yo‘nalishining 2-bosqichi bo‘yicha yana 7 metro bekati qurilishi davom etmoqda. Kelgusida Qo‘yliq 7-metro bekatidan Sergeli 5-metro bekatiga ulanadi", – deydi To‘ychi Mirzayev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21907 | Инструменты