3-dekabr kuni Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida virusli gepatit A kasalligi aniqlanganligi sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati o’tkazildi.
Nazorat davomida:
- o'quvchilar va ishchi xodimlarning o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilganligi;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinganligi hamda qo'l yuvish moslamalari va oqava suv tizimining soz holatdaligi to'liq o'rganilib, tekshiruv o'tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo’lganidan so'ng, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbatiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120422 | Инструменты