Huawei 1
Tug‘ma yurak porogi bor fuqaroning operatsiyasi uchun 28,5 mln so‘m ajratildi

Bemorga operatsiya uchun order berilib, “Temir daftar”ga kiritilgan va operatsiya xarajatlari uchun mablag‘ ajratilgan.

Ma’lum bo’lishicha, Samarqand tumanida yashovchi  fuqaro Ya.S. akasi Ya.N.da tug‘ma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha davlat tomonidan yordam berilmayotganligidan norozi bo‘lib , Inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanga  murojaat qilgan.

Unda yozilishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli og‘irlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani uchun operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.

Mazkur murojaat ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga o‘rganish va darhol tegishli choralar ko‘rish uchun yuborildi. Buning natijasida, bemorga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan operatsiya uchun order berildi.

Shuningdek, Narpay tuman hokimiga murojaat qilinib bemorni  “Temir daftar”ga kiritish va operatsiya xarajatlari uchun mablag‘ ajratish tavsiya etilgan.

Murojaat natijasida hokimiyatdan 21,5 mln so‘m,  viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan esa qolgan 7 mln so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты