Huawei 1
Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiya ichki ishlariga qarashli Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda 10-iyul kuni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xorijiy mamlakatlarda mehnat muhojiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni himoya qilish, ular o‘rtasida jinoyatchilik sodir etish holatlarining va ularning odam savdosi qurboni bо‘lishining oldini olish hamda ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga barham berish maqsadida qo‘mita tashabbusi bilan Senat, TIV, IIV, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh 21—25-aprel kunlari Turkiyada sayyor qabullar tashkil etdi va noqonuniy migrantlar holati o‘rganilgan. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida bo‘lib, turli sabablarga ko‘ra qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida 255 nafar ayolning muammolari o‘rganildi, 4 nafar ayolga qonuniy yashash huquqini beruvchi hujjatlar shakllantirildi, 100 dan ortiq ayolga huquqiy, 35 nafar ayolga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, Turkiya ichki ishlariga qarashli Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarilgan, uch nafar ayol ozodlikka chiqarildi hamda ikki nafar og‘ir ahvoldagi bemor O‘zbekiston Transport vazirligi hamkorligida tibbiy xizmat ko‘rsatilgan holda O‘zbekistonga yetkazib kelinishiga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты