Huawei 1
Ukrainadan evakuatsiya qilinadigan 200dan ortiq o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkentdan Polshaga maxsus samolyot jo‘nab ketdi

Ukrainadan evakuatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkentdan Polshaning Katovise shahriga maxsus samolyot jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda Katovise (Polsha) aeroportiga 262 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingan.

Bugun mamlakatimiz poytaxtidan parvoz qilgan «Uzbekistan Airways» AJ maxsus samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12.45 da Katovise aeroportiga qo‘nadi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Ukrainaning «Krakoves» nazorat o‘tkazish punkti orqali fuqarolarimiz o‘tkazilishini tezlashtirish maqsadida 7 ta avtobus ijaraga olingan. Ular ko‘magida shu paytgacha Ukraina-Polsha chegarasiga 11 marta qatnov amalga oshirilgan. Ayni paytga qadar 560 nafardan ko‘proq mamlakatimiz fuqarosi Polsha davlat chegarasini kesib o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42919 | Инструменты