Uzoq vaqt davom etgan hushsizlikdan so'ng nihoyat Zohid o'ziga keldi
Sobiq “Ummon” guruhining a'zosi Zohid Risqiyev uzoq vaqt davom etgan hushsiz holatidan so'ng, o'ziga kelgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda uning sobiq jamoadoshi Shoxruh o'zining “Instagram” sahifasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Zohid bugun ko'zini ochgan va uning ahvoli ancha yaxshilashgan. Shuningdek, u videomurojaatida Zohidning tuzalishida katta mehnat qilgan shifokorlarga hamda duoda bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq, Yunusobodda sodir bo'lgan avtohalokatda bir kishi halok bo'lgani, rulda esa Zohid Risqiyev o'tirgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Zohid komaga tushgani va qoidabuzarlik uchun 7 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida ham ma’lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90315 | Инструменты