Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

“Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi. Voqea 30-iyun kuni soat 00:45 da A-373 M-39 Guliston-Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining 268-kilometrida sodir bo‘lgan.

Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Iveco rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotib, YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70212 | Инструменты