Neuralink ikkinchi bemor uchun miya implantini o'rnatishni kechiktirdi

Neuralink Corp. 2024-yil iyun oyi oxirida ikkinchi miya chipini o'rnatishni rejalashtirayotgan edi, biroq tibbiy holat tufayli protsedura qoldirildi. Bu haqda Bloomberg Barrou nevrologiya instituti bosh ijrochi direktori Maykl Lottonga tayanib xabar bermoqda.

“Bunday turdagi sinov uchun to'g'ri bemorni tanlash juda muhimdir. Klinik va jarrohlik bilan bog'liq bo'lgan har bir kishi buni to'g'ri yo'lga qo'yishga intiladi”, - dedi Lotton.

Neuralink agentlikning izoh berish so‘roviga javob bermadi.

Kompaniya falaj bo'lgan bemorlarning faoliyatini tiklashga qaratilgan qurilmasi uchun dastlabki bosqichda klinik sinovlardan o'tmoqda.

2024-yil yanvarida Neuralink birinchi ko‘ngilliga chipni muvaffaqiyatli o‘rnatdi. Bu Arizona shtatida istiqomat qiluvchi Noland Arbo edi, u baxtsiz hodisadan so'ng falaj bo'lib qoldi va yelkasidan pastda hech narsani his qila olmadi.

Operatsiyadan so'ng u "fikr kuchi" dan foydalanib, kompyuterda video o'yinlarni muvaffaqiyatli o'ynay boshladi, shuningdek, efirga uzatdi. Biroq Arboning miyasiga o‘rnatilgan simlarning bir qismi zaiflashib, signallarni o‘qishni to‘xtatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты