Isroil iyulning ikkinchi yarmida Livan janubida operatsiya boshlashi mumkin – “Bild”

Isroil iyul oyining ikkinchi yarmida Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin. Bu haqda “Bild” gazetasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Isroil iyul oyining uchinchi yoki to‘rtinchi haftasida quruqlikdagi operatsiyalarni boshlaydi. Avvalroq bir necha davlat o‘z fuqarolarini Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirgani xabar qilingandi. Xususan, Germaniya tashqi ishlar vazirligi vaziyatning yanada keskinlashishi va mojaroning kengayishini istisno etib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Iyun oyi o‘rtalarida Isroil armiyasi Livanga hujum qilish uchun operativ rejani tasdiqlagan. G‘azo sektorida HAMAS harakatiga qarshi operatsiyadan so‘ng rasmiylar bir vaqtning o‘zida HAMAS singari Isroilga qarshi harakat qiladigan, yahudiy davlati hududini shimoldan o‘qqa tutadigan “Hizbulloh” harakatiga ham zarba berishni kutmoqda.

Ma’lumot uchun, “Hizbulloh” va Isroil armiyasi o‘rtasidagi so‘nggi mojaro 2006 yilning yozida Livan janubida sodir bo‘lgan edi. BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasi chegarada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatdi, uni 36 davlatdan 12 ming tinchlikparvar kuchlari kuzatib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты