Huawei 1
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

- xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi, muddatlari va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;

- xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o'tkaziladigan xodimlar toifalari;

- attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;

-  attestatsiya natijalari bo'yicha appelyatsiya berish va uni ko'rib chiqish qoidalari.

Xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda o'tkaziladi:

- xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, ularning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais o'rinbosarlari – besh yilda bir marta;

- muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a'zolari – uch yilda bir marta;

- xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan boshqa ishchi-xodimlar – bir yilda bir marta.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo'nalishlari belgilangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12722 | Инструменты