Huawei 1
Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat  yo'nalishlari belgilandi

“O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo'lga qo'yish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (27-son, 21.01.2025 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, quyidagilar “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi:

—  radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat siyosatini yuritish va tartibga solish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy-texnik ishlar asosida takliflar (tavsiyalar) ishlab chiqish;

—  atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza o'tkazish;

—  atom energiyasidan foydalanish sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligi bo'yicha normativ bazani rivojlantirish va takomillashtirish;

—  radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari bo'yicha davlat dasturlari, xalqaro loyihalar hamda dasturlarni ishlab chiqishda, shuningdek, nazorat va litsenziyalash faoliyatini texnik, tahliliy hamda eksperimental qo'llab-quvvatlashda ishtirok etish;

—  radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilg'or texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy asoslangan xavfsizlik, modellashtirish va hisoblash tahlilini o'tkazish;

—  radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohasida ma'lumotlar bazalarini ishlab chiqish, yaratish, shakllantirish va saqlash;

—  o'z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12504 | Инструменты