Huawei 1
Xokkey sporti yanada rivojlantiriladi

“Xokkey sport turini rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-334-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, xokkey sport turi bo'yicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

2025-yildan boshlab har yili:

— xokkey sport turi bo'yicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazib boriladi;

— “Sport faoliyati” (xokkey)” bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari ko'riladi.

O'zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo'yicha sport klublari va nodavlat sport ta'lim tashkilotlari uchun foyda solig'i 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.

O'zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo'yicha sport klublari va nodavlat sport ta'lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yo'naltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda solig'ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты