Joriy yilning iyul oyida Toshkent viloyatida Yangiyo‘l tumanida bir oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yib yuborishda gumonlangan shaxsga nisbatan ochilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bugun, 15 noyabr kuni Toshkent viloyat sudida Jinoyat kodeksining 97- (qasddan odam o‘ldirish), 118- (nomusga tegish), 134- (qabrni tahqirlash), 164- (bosqinchilik) va 173- (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan 1995 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Z.S.ga (erkak) oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Bildirilishicha, ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
"Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi", deydi Oliy sud matbuot kotibi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111522 | Инструменты