Huawei 1
Yetim bolalar uchun xorijda o‘tkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari budjetdan to‘liq kompensatsiya qilinadi - Prezident

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida navbatdagi videoselektor yig’ilishida ma’lum qilinishicha, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va davolashga bo’yicha,  1 avgustdan boshlab byudjetdan qo‘shimcha  100 milliard so‘m ajratiladi.

Jumladan,  2 ming nafar bola uchun  10 milliard so‘mlik  4 mingta zamonaviy eshitish vositalari xarid qilinadi.
Shuningdek,  615 nafar 5 yoshgacha kar-soqov va eshitishi zaif bolalarga  45 milliard so‘mlik eshitishga ko‘maklashuvchi  maxsus implantlar o‘rnatiladi.

Tug‘ma yurak nuqsoni bor 2 ming nafar,  bosh miyada o‘zgarishlari bor 1 ming nafar  hamda harakat a’zolari kasalliklari bo‘yicha 1,7 ming nafar bolalarda  bepul jarrohlik operasiyalari o‘tkaziladi,  ularning 1 ming nafari  protezlash va boshqa zarur uskunalar bilan ta’minlanadi (bunga jami 30 milliard so‘m ajratiladi).

Shuningdek,  joriy yilda harakatlanishi cheklangan 1 ming 100 nafar bolalar  elektr kreslo-aravachalar bilan ta’minlanadi (10 milliard so‘m).

"Kelgusi 5 yilda yana 12 ming nafar nogironligi bo‘lgan bolalar bu aravachalar bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari,  yetim bolalar uchun xorijda o‘tkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari  byudjetdan to‘liq kompensasiya qilinadi" dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101119 | Инструменты