Huawei 1
Yirik shaharlarda eski mashinalarning harakati bosqichma-bosqich cheklanadi

Avvalroq, “O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. 

Unga ko'ra, 2030-yilgacha yirik shaharlarda kamida "Yevro–5" standartiga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilandi.

Cheklovlar Toshkent va Nukus shaharlarida va viloyatlar markazida 2024-yilning 1-martidan boshlab bosqichma bosqich joriy etiladi.

Ushbu cheklovlarga ostiga “Yevro-5” va undan yuqori standartdagi yoqilg'ida  ishlay olmaydigan eskirgan mashinalar tushadi. Bunga nafaqat sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, jumladan, mustaqillik yillarida o‘zimizda ishlab chiqarilgan “Tiko”, “Matiz”, “Damas”, “Nexia-1”, “Nexia-2” avtomashinalari ham tushishi mumkin.

Shuningdek,  Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati 2024-yilning 1-martidan boshlab tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21911 | Инструменты