Huawei 1
“Yuksalish” harakati anomal sovuq ob-havo sharoiti sababli O‘zbekistonda bog‘cha va maktablar ishini boshlashni kechiktirishga chaqirdi

“Yuksalish” harakati anomal sovuq ob-havo sharoiti sababli O‘zbekistonda bog‘cha va maktablar ishini boshlashni kechiktirishga chaqirdi.

“Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta’lim jarayonlariga mas’ul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz.

Avvalo, anomal sovuq va yog‘ingarchilik sharoitida o‘quvchilarning ta’lim muassasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur”, — deydi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov.

Uning qayd etishicha, murojaatlarga ko‘ra, qator hududlarda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida isitish tizimlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.

O‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, "Yuksalish harakati O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarida dori reklamasini cheklash taklif qilgan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11708 | Инструменты