Huawei 1
Zarafshon shahrida yangi shahar avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Avval xabar berilganidek, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov rahbarligida ishchi guruh Navoiy viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Viloyatda 330 ta mahalla mavjud bo‘lib, 1 mln 75 ming nafar fuqaro istiqomat qiladi. Bir kunda o‘rtacha 102 ming kishi jamoat transporti xizmatidan foydalanadi.

Bugungi kunda, viloyatda 118 ta yo‘nalishlarda 77 ta tashuvchining 721 ta jamoat transport vositalari harakatlanmoqda. Shuningdek, Navoiy viloyatining 7 ta shahar va tumanlarini poytaxt Toshkent shahri bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari tashkil qilingan. Ushbu yo‘nalishlarda jami 41 ta katta hajmli zamonaviy avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ishchi guruh Navbahor, Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shaharlarida bo‘lib, tuman (shahar) hokimlari, mahallalar “yettiligi”, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida bildirilgan taklif va murojaatlardan asosida hududda jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, Zarafshon shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Lider trans” MCHJ rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy harakat tarkiblarini sotib olish va yo‘nalishlarga joylashtirish orqali jamoat transporti qamrovini oshirish, shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, Zarafshon shahrida yangi shahar avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Mazkur korxona o‘tgan yili Xitoy Xalq Respublikasidan “King Long” rusumli 5 ta yangi zamonaviy avtobuslar olib kelgan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar yana 2 ta zamonaviy avtobuslar olib kelishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты