Huawei 1
2032-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari mezboni aniqlandi

Tokio shahrida start olayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlaridan avval Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 138-Sessiyasi o‘z ishini olib bormoqda. Biroz avval unda 2032-yilgi XXXV yozgi Olimpiya o‘yinlarining mezbon shahri maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo'mitasi xabar berdi. 

Delegatlarning ko‘p sonli ovozi bilan Avstraliyaning Brisben shahri 2032-yil bo‘lib o‘tadigan XXXV yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qabul qiladigan bo‘ldi. 

Bu yo‘lda Indoneziya, Hindiston va Qatar kabi davlatlarning shaharlari raqobat olib borishdi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya o‘z tarixida bungacha 2 bor (Melburn-1956 va Sidney-2000) Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan. Tokio va Brisben shaharlari orasidagi Olimpiya o‘yinlari 2024-yil Parij va 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60714 | Инструменты