Avvalroq, Germaniyada Osiyo va Okeaniya mintaqasi vakillari ishtirokida shaxmat bo‘yicha Armageddon Championship Series musobaqasi o‘tkazilayotgani bo'yicha xabar bergandik.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, hatto birinchi turni hindistonlik raqibiga qarshi g'alaba bilan yakunlagandi.
Abdusattorov yarim finalda Hindiston vakili Gukesh Dommarajuga imkoniyatni boy berdi.
Shundan keyin yutqazgarlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Nodirbek Murali Kartikeyan (Hindiston), Parham Magsudlu (Eron) va Gukeshga finalda yengilgan Vladimir Kramnikni (Rossiya) ortda qoldirib, grand finalga yo‘l oldi.
Grand finalda Abdusattorov Gukeshga yengildi.
Mazkur natija evaziga Abdusattarov sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Armageddon Championship Series musobaqaisning grand finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13105 | Инструменты