O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov, Muhiddin Mamajonov va Humoyun To‘xtamurodov va Amirxon Alixo‘jayev Amerikaning “Global Fight League” (GFL) ligasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik jangchilar Humoyun To‘xtamurodov, Muhiddin Mamajonov, Amirxon Alixo‘jayev va UFC'dagi faoliyati bilan tanilgan Saidyoqub Qahramonov promoushenning jangchilari sifatida tanishtirildi.
Shuningdek, promoushen yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonni ham tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12504 | Инструменты