Huawei 1
Bivol-Beterbiyev dilogiyasida hisob tenglashdi

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasida Dmitriy Bivol Artur Beterbiyevni mag‘lub etdi va mutlaq jahon chempioniga aylandi. 

23 fevralga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. 

Kechaning markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi kamarlarini himoya qildi. 

To‘liq 12 raund davom etgan jangda Bivol 114-114, 116-112, 115-113 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты