Huawei 1
Boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida vakillarimiz 3ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi

Shu yilning 18-25-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahri boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Nufuzli musobaqada jahonning 36ta mamlakatidan jami 292 nafar bokschi g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi. Quvonarlisi, Jahon chempionatida harbiy bokschilarimiz ham munosib munosib ishtirok etishdi va umumiy hisobda 7ta medalga sazovor bo‘lishdi, shundan 3tasi oltin!

Quyida terma jamoamiz safida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-60 kg: Shunqor Abdurasulov,

+91 kg: Lazizbek Mullajonov,

-75 kg: Mavluda Mavlonova,

Kumush:

-64 kg: Mujibillo Tursunov,

Bronza:

-51 kg: Aziza Yoqubova,

-60 kg: Rayhona Qodirova,

-69 kg: Navbahor Hamidova.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jahon chempionatida mezbonlar Rossiya terma jamoasi 7ta oltin, 4tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari esa bir xil, yaʼni 3ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medaliga ega chiqishdi. Keyingi pog‘onalarni bittadan oltin medalga sazovor bo‘lgan Braziliya va Belarus terma jamoalari band etishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga