BAAning Sharja shahrida ot sportining konkur yo‘nalishida CSI5*-W va CSI2* xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, jumladan, Abdurahmon Abdullayev “Chikarito”, “Kaliyana 6 “ va “Go Four It B”, Feruz Abdullayev “Kanlouba”, O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev “Ledy”, Bekzod Qurbonov esa “Santos Hippica” va “ Matts V.G “ oti bilan ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, musobaqasida Abdurahmon Abdullayev “Go Four It B“ laqabli otida 140 sm. balandlikka sakrab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu nufuzli turnirning 145 sm. balandlikda o‘tgan bahslarda da Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli otida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnir bugun yakunlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты