Huawei 1
Diyora Keldiyorova Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqadi

Gonkongda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi va unda qitʼamizning 36 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochilar qatnashmoqda. Quvonarlisi, qitʼa birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etmoqda.

Chempionatning bugungi dasturidan yengil vazn toifasidagi bahslar o‘rin olgan bo‘lib, unda quyidagi polvonlarimiz bahslarga kiradi:  

-60 kg: Dilshod Baratov – Maimu Sapam (Hindiston) / Alvin Mendoza (Filippin)

-60 kg: Doston Ro‘ziyev – Xesham Makabr (Yaman) / Duk Chu (Vyetnam)

-66 kg: Muhriddin Tilovov – Xoang Truong (Vyetnam) / Doxeop Li (Janubiy Koreya)

-66 kg: Sardor Nurillayev – Munis Xavsavi (Saudiya Arabistoni) / Ka Vong (Gonkong)

-48 kg: Halima Qurbonova – Lea Lopes (Filippin)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Kokoro Fujishiro (Yaponiya) / Xsi Shen (Xitoy Taipeyi)

-52 kg: Sita Qadamboyeva – Txu Do (Vyetnam)

-57 kg: Shukrjon Aminova – Ngok Nguyen (Vyetnam)

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati g‘oliblari jahon va “Parij-2024” reytingi uchun 700 ochkoga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты