Huawei 1
Spotify tarixda birinchi marta yilni daromad bilan yakunladi

Spotify striming servisi 2024 yilda o‘z tarixida birinchi marta 1,14 milliard yevroga yaqin daromad ko‘rdi. Bu haqda Shvetsiyaning Spotify Technology CA kompaniyasi hisobotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya hisobotiga ko‘ra, Spotifyʼning umumiy faol foydalanuvchilari soni 675 million kishigacha oshgan — tahlilchilar o‘sish ko‘rsatkichlarini 664,9 million deya prognoz qilgandi. Pul to‘laydigan mijozlari soni esa 263 million kishiga yetgan (tahlilchilar prognozi — 254,9 million).

4 fevral kuni Nyu-York fond birjasida Spotify aksiyalari 7,5 foizga, 590 dollargacha qimmatlashgan. 3 fevral kuni savdolar yopilganida aksiyalar 549,08 dollar qiymatda sotilgan.

Striming servis rahbariyati yillar davomida audiokitoblar va podkastlarni kengaytirishdan so‘ng rentabellikka e’tibor qaratishga qaror qilganidan keyin 2024 yilda Spotify aksiyalari 138 foizga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты