Huawei 1
Doston Ro‘ziyev Toshkent “Katta Dubulg‘a” turniri g‘olibi!

Toshkent “Katta Dubulg‘a” turnirining ilk kunida dastlabki oltin medalni terma jamaomizga Doston Ro‘ziyev taqdim etdi.

-60 kg vazn toifasining final bahsida hamyurtimiz Gruziya vakili Giorgi Sardalashvili bilan kurash olib bordi va g‘alabaga erishib, oltin medalni ham qo’lga kiritdi.

Dzyudochimiz parterdagi ajoyib harakatlari bilan raqiblaridan bir bosh ustun ekanini ko’rsatdi.

Bu oltin medal Ro’ziyevga jahon va Parij-2024 reytingi uchun 1000 ochko taqdim qildi. Dzyudochimiz oltin medalni Sport vaziri Adham Ikramovdan qabul qilib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga