Huawei 1
Hasanboyning ortidan yana 2 bokschi oltin medallarga ega chiqdi

Avvalroq xabar berganimizdek, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks boʻyicha nufuzli "Stranja-2022" xalqaro turniri davom o'tmoqda. Bugun 5 nafar o'zbekistonlik bokschi musobaqa finalida ringga koʻtarilishi rejalashtirilgan edi.

-63,5 kg vaznda toifasida ishtirok etayotgan sportchi Mujibillo Tursunov finalda ukrainalik Yaroslav Xarsiz bilan jang olib bordi. Mazkur bellashuvda Mujibullo ukrainalik bokschidan ustun keldi va turnirning oltin medalini qoʻlga kiritdi

Shuningdek, -57 kg vaznda ringga chiqqan delegatsiyaning yana bir a'zosi Abdumalik Xalakov ham bolgariyalik Xavyer Diasdan ustun keldi va turnirning oltin medaliga sazovor boʻldi.

Eslatib o'tamiz, Hasanboy Do'smatov ham finalda qozog'istonlik raqibini yengib, O'zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni keltirgan edi. Hozircha O'zbekistonning oltin medallari soni 3 taga yetdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42919 | Инструменты