Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Reytingdan 3 nafar bokschimiz o‘rin olgan:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinda qayd etildi;
Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi;
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rinda qoldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110504 | Инструменты